Bosh sahifa
Usta va shifokorlar uchun CRM

Mijozlar o'zi yoziladi

Siz faqat ishlaysiz — yozuv, eslatma va kassani Maroom yuritadi. Telegram bot mijozni yozib oladi, ilova esa kuningizni, mijozlaringizni va sof foydangizni bir joyda ko'rsatadi.

  • Android va iPhone
  • O'zbek, rus, ingliz tillarida
  • Telegram bot bilan
  • Manikyur
  • Pedikyur
  • Kiprik
  • Qosh
  • Soch
  • Kosmetologiya
  • Massaj
  • Stomatologiya
  • LOR
  • Vizaj
Nima uchun Maroom

Uchta narsa, har kuni

Daftar, qo'ng'iroqlar va «qachon bo'sh edingiz?» degan xabarlar o'rniga — bitta tizim.

Maroom · bot

Yozuvingiz tasdiqlandi! 📅 Shanba, 20-sentabr, 14:00

✅ Kelaman ❌ Kelolmayman

Telegram orqali yozuv

Mijoz havolani ochadi, bo'sh vaqtni o'zi tanlaydi va tashrifdan oldin eslatma oladi.

  • ✅/❌ bilan tasdiqlash
  • Ishonchsiz mijozdan avans — Payme va Click
  • Instagram profilga bitta havola
BL

Bianca Leone

Manikyur · 47 kun

TB

Tessa Brooks

Manikyur · 45 kun

Qaytish vaqti keldi

Har bir xizmatning qaytish muddati bor. Muddati o'tgan mijozlar ro'yxatga tushadi — bir tegishda eslatasiz.

  • Telegram, qo'ng'iroq yoki SMS — matn tayyor
  • Bot har kuni 11:00 da o'zi yozadi
  • Aksiya va xabarnoma yuborish

Sof foyda

↗ +18%

4 061 000 so'm

Sof foyda ko'z oldingizda

Kirim va chiqim o'zi yig'iladi: kunlik tushum, oylik sof foyda, o'tgan oy bilan taqqoslash.

  • Olti oy yonma-yon
  • Qarzlar va to'lov havolasi
  • Eng ko'p daromad keltirgan xizmat
Telegram bot

Bitta havola — mijoz o'zi yoziladi

Hamma ustalar uchun bitta bot, har bir ustaga o'z havolasi. Mijoz ilova o'rnatmaydi — Telegram hammada bor.

Maroom

bot

💅 Qaysi xizmat? Narx va davomiylik tugmalarda:

Manikyur · 120 000 so'm Gel-lak · 150 000 so'm

🕐 Shanba, 20-sentabr — qaysi vaqt?

10:00 11:30 14:00 16:30

Yozuvingiz tasdiqlandi! 📅 Shanba, 20-sentabr, 14:00 💅 Manikyur ⏰ Tashrifdan oldin eslatib qo'yamiz. Kutamiz! 💖

Eslatma 📅 Shanba, 20-sentabr, 14:00 💅 Manikyur Kelasizmi?

✅ Kelaman ❌ Kelolmayman

Rahmat! 14:00 da kutamiz. 💅

Xabar
  1. 1

    Havolani qo'ying

    Instagram profilingizga, vizitkaga yoki kabinet eshigiga — QR kod ilovada tayyor.

  2. 2

    Mijoz vaqtni o'zi tanlaydi

    Faqat bo'sh vaqtlar ko'rinadi, ikki kishi bir vaqtga yozila olmaydi.

  3. 3

    Siz tasdiqlaysiz

    Yozuv so'rov bo'lib keladi — ilovada yoki Telegram'ning o'zida ✅/❌.

  4. 4

    Bot eslatadi

    Tashrifdan oldin «Kelasizmi?» deb so'raydi. Kelmay qolishlar kamayadi.

Bot mijoz bilan o'zi tanlagan tilda — o'zbek yoki rus tilida gaplashadi.

@maroom_uz_bot

Telefon kamerasi bilan skanerlang

Telegram'da ochish
Ilova

Butun ishingiz — bir cho'ntakda

Android va iPhone uchun. Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida.

Bugun Kalendar Mijozlar Moliya Aksiyalar Do'kon Izohlar
Instagram

Maroom haqida qisqacha

Instagram'dagi postlarimiz — har birida bitta muammo va uning yechimi.

Qanday boshlanadi

Uch qadam — va ish o'z maromida

  1. 01

    Ariza qoldiring

    Shu sahifada yoki ilovaning o'zida — ism, raqam va yo'nalishingiz.

  2. 02

    Qo'ng'iroq qilamiz

    Hisobingizni ochamiz, xizmatlar va ish vaqtini birga sozlaymiz, botni ulaymiz.

  3. 03

    Ishlaysiz

    Havolani mijozlarga berasiz — qolganini Maroom o'zi eslab turadi.

Narxlar

Oddiy va ochiq narx

Boshlash bepul. To'liq imkoniyatlar — oylik obuna, uzoqroq muddatga arzonroq.

Boshlang'ich

Bepul

Muddatsiz

  • Bugungi mijozlar va kunlik tushum
  • Kalendar — kun, hafta, band vaqtlar
  • Mijozlar bazasi va qarzlar nazorati
  • Qaytish vaqti kelgan mijozlar ro'yxati
  • Do'kon va Maroom coin
Eng ko'p tanlanadi

To'liq

249 000 so'm

oyiga

Boshlang'ichdagi hammasi, va:

  • Telegram bot — yozuvni o'zi qabul qiladi
  • Eslatma — mijoz tashrifni unutmaydi
  • Mijozlarga eslatma: «qaytish vaqti keldi»
  • Aksiya va xabarnoma — bir tugma bilan hammaga
  • Sof foyda va oylik hisobotlar
  • Mijozlar izohi va bahosi
Ariza qoldirish

To'lovni qo'ng'iroqdan keyin kelishamiz: naqd, karta yoki o'tkazma.

Maroom coin

Xarid qiling — coin to'plang

Maroom do'konidan ilova yoki bot orqali xarid qilgan usta ham, mijoz ham Maroom coin oladi. 1 MC = 5 000 so'm — keyingi buyurtmada ishlatiladi.

  1. 1

    Xarid qiling

    • Har 100 000 so'm xarid uchun — 0,5 MC
    • 2 000 000 so'mdan oshgan qismining har 100 000 so'mi uchun — 1 MC
    • 5 000 000 so'mdan oshgan qismining har 100 000 so'mi uchun — 2 MC
  2. 2

    Mijoz olib keling Ustalar uchun

    • Havolangiz orqali botga kelib, xizmatingizdan foydalangan har 10 mijoz uchun — 3 MC
  3. 3

    Keyingi buyurtmada ishlating

    • 1 MC = 5 000 so'm. Coin keyingi buyurtmaning 50% gacha qismini to'laydi
    • Xarid uchun coin buyurtma yetkazilgach, administrator tasdiqlagandan keyin hisobga tushadi. Buyurtma bekor qilinsa coin berilmaydi, ishlatilgan coin esa qaytariladi

Saytdagi buyurtmaga coin berilmaydi — ilova yoki Telegram bot orqali buyurtma bering.

Hamyon · Mavjud

12,5 MC

62 500 so'm

Mijoz olib keling 7 / 10 mijoz

Yana 3 ta mijoz — +3 MC

SO-0012 buyurtma uchun

Tasdiqlanmoqda
+1,5 MC

Botga qo'shilgan mijozlar: 10

Tasdiqlandi
+3 MC

Qancha coin olasiz?

2 100 000 so'm

11 MC

Keyingi xaridda 55 000 so'm chegirma

Misollar

Xarid: 390 000 so'm
1,5 MC
Xarid: 2 100 000 so'm
11 MC
Xarid: 5 100 000 so'm
42 MC

Coin to'langan pul uchun beriladi va buyurtma yetkazilgach tasdiqlanadi.

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Mijozlarimda Telegram bo'lmasa-chi?

Ularni ilovaga o'zingiz qo'shasiz — yozuv, eslatma va «vaqti keldi» qo'ng'iroq yoki tayyor SMS matni bilan ishlaydi. Telegram faqat qulaylik qo'shadi.

Qaysi telefonlarda ishlaydi?

Android va iPhone'da. Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida; bot mijoz bilan o'zbek yoki rus tilida gaplashadi.

Bepul qismda nima bor?

Bugun ekrani, kalendar, mijozlar bazasi, qarzlar va do'kon — muddatsiz. Telegram bot, avans, aksiyalar va Moliya — to'liq obunada.

To'lov qanday qilinadi?

Qo'ng'iroqdan keyin naqd, karta yoki o'tkazma orqali. Ilovaning ichida hech narsa to'lanmaydi.

Maroom coin nima?

Do'kondan xarid uchun beriladigan bonus: 1 MC = 5 000 so'm. Coin keyingi buyurtmaning 50% gacha qismini to'laydi. U naqd pulga almashtirilmaydi, boshqaga o'tkazilmaydi va obuna uchun ishlatilmaydi.

Mijoz avansni qanday to'laydi?

Ishonchsiz mijoz botda Payme yoki Click orqali to'laydi, pul ustaning o'z hisobiga tushadi. Naqd yoki kartaga olingan avansni ilovada qo'lda belgilaysiz.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Har bir usta faqat o'z mijozlarini ko'radi. Hisobni xohlagan vaqtda ilovaning o'zidan o'chirishingiz mumkin.

Ariza

Boshlashga tayyormisiz?

Ariza qoldiring — qo'ng'iroq qilamiz, hisobingizni ochib beramiz va ishlatishni ko'rsatamiz.

Yoki o'zingiz bog'laning

+998

Ilovaga shu raqam va parol bilan kirasiz

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.